Jahon | 10:45 / 25.10.2017
6400
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya xavfsizlik kengashi kotibi Rahmon bilan uchrashish uchun Dushanbega keladi

Foto: RIA "Novosti"

2017 yilning 31 oktabr-1 noyabr kunlari Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev Dushanbeda tashrif bilan bo‘ladi, deb xabar bermoqda Tojikiston TIV matbuot xizmati.

Xabarda bildirilishicha, tashrif davomida Nikolay Patrushevning mamlakat prezidenti Imomali Rahmon, shuningdek, hukumatning yuqori martabali vakillari bilan uchrashuvlari rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, Armaniston Respublikasi Milliy majlisi raisi Ara Babloyan ham Dushanbe shahriga rasmiy tashrif bilan keladi: 29 oktabr-1 noyabr kunlari u Tojikiston Respublikasining yuqori martabali amaldorlari bilan ikki mamlakat parlamentariylari hamkorligini oshirish masalasini muhokama qiladi.

Tojikiston TIV xabarida ta'kidlanishicha, Armaniston parlamenti spikeri Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon, respublika parlamentining har ikki palatasi spikerlari Shukurjon Zuhurov va Mahmudsaid Ubaydulloyev, shuningdek, TIV rahbari Sirojiddin Aslov bilan muzokaralar o‘tkazadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid