Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston 1 mlrd dollarlik to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qiladi
O‘zbekiston XIII xalqaro paxta va to‘qimachilik mahsulotlari yarmarkasi davomida tayyor va yarim tayyor to‘qimachilik mahsulotlarini 1 milliard dollardan ortiq miqdorda eksport qilish bo‘yicha shartnomalar imzoladi.
UzDaily xabariga ko‘ra, Rossiya, Turkiya, Janubiy Koreya, Singapur, Moldova va boshqa mamlakatlardan kelgan kompaniya vakillari bilan shartnomalar tuzildi.
Toshkentda XIII xalqaro o‘zbek paxta va to‘qimachilik yarmarkasi 23—24 oktabr kunlari bo‘lib o‘tdi. Yarmarkada dunyoning 50 mamlakatidan 1500dan ortiq mutaxassis ishtirok etdi.
O‘tgan yili bo‘lib o‘tgan yarmarka jarayonida O‘zbekiston 1,32 milliard dollarlik to‘qimachilik mahsulotlari va 550 ming tonna paxta tolasini sotish bo‘yicha shartnomalar imzolagandi.
O‘zbekiston Prezidenti 2016 yilning oxirida «2017—2019 yillarda to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida» qarorni imzolagan edi. Dasturda umumiy miqdori 2,2 milliard dollarlik 130 dan ortiq investitsiya loyihalarini amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
O‘zbekiston to‘qimachilik sanoati tarmog‘i 2016 yilda 1,146 milliard dollarlik mahsulot eksport qilgan. 2017 yilda bu raqam 1,3 milliard dollarni tashkil etishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
08:29 / 01.06.2026
O‘zbekiston Suriyaga mahsulot eksport qilishni boshlamoqchi
08:21 / 01.06.2026
Xitoyning ikki yirik kompaniyasi O‘zbekiston bozoriga kirish niyatida
18:07 / 30.05.2026
O‘zbekistondan Suriyaga mahsulotlar eksporti boshlanadi
20:49 / 29.05.2026