Jahon | 00:38 / 26.10.2017
12755
1 daqiqa o‘qiladi

Avstriyada "Pokiston davlatining birinchi raqamli dushmani" qo‘lga olindi

Foto: Fotolia / Arno Bachert

Avstriyaga noqonuniy kirishga urinish vaqtida kamida 70 ta qotillikni sodir etgan pokistonlik yollanma qotil qo‘lga olindi. 

Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, qo‘lga olingan 35 yoshli Atif Z. Avstriyaga Vengriya orqali kirmoqchi bo‘lgan, biroq Vengriyadagi M60 shossesida 41 nafar noqonuniy muhojir bilan birga to‘xtatilgan.

"Gumonlanuvchi Interpolning qidiruv talabi asosida zudlik bilan ushlangan. Uning Pokistonga topshirilishi masalasi yaqin kunlarda hal qilinadi", deyilgan politsiyada.

Qo‘lga olingan jinoyatchi Pokistondagi eng taniqli yollanma qotil va "Pokiston davlatining birinchi raqamli dushmani", Pokistonda eng qidiriluvchi jinoyatchi bo‘lgan. Atif oxirgi vaqtlar odam savdosi bilan shug‘ullangan. U 2016 yilda yopilgani e'lon qilingan g‘arbiy Bolqon migratsiya yo‘li orqali Serbiya va Vengriyadan Avstriyaga muhojirlarni o‘tkazishni tashkillashtirgan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid