Jahon | 21:00 / 26.10.2017
5053
2 daqiqa o‘qiladi

Norvegiyada Yevropadagi ilk suv osti restoranini qurish rejalashtirilmoqda

Foto:MIR/Snøhetta

Norvegiyaning Snøhetta arxitektura firmasi suv osti restorani Under qurilishini e'lon qildi. Bu restoran Yevropada bunday turdagi ilk restoran bo‘ladi.    

Restoranning beton konstruksiyasi turli o‘zgaruvchan ob-havo sharoitlariga mo‘ljallangan bo‘lib, tomosha oynasi bilan jihozlangan. Bu oyna tashrif buyuruvchilarga ustlaridagi suvni va dengiz jonzotlarini tomosha qilishga imkon beradi. Restoranda uch qavat bo‘lib, ular yuzlab odamlarni qabul qila oladi. 

Restoranga kirish sohilda joylashgan bo‘lib, mehmonlar restoranga betor quvur orqali o‘tishlariga to‘g‘ri keladi. Sohildan okeanga o‘tishni shampan vinosi bilan nishonlash taklif etiladi.

Foto:MIR/Snøhetta

Loyiha bosh muhandisining aytishicha, odamlar restoran ichida klaustrofobiya emas, shinamlik va xavfsizlikni his qilishlari muhimdir. Shu sababli restoranning ichki bezagida natural materiallar qo‘llash va yaxshi yorug‘lanishga urg‘u berilgan. 

Restoran ishlamaganda undan dengiz biologiyasini o‘rganuvchi tadqiqotchilar foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

Foto:MIR/Snøhetta

Ta'kidlanishicha, restoranni qurish ishlari Norvegiyaning eng janubiy nuqtasida 2018 yil fevralida boshlanib, 2019 yil boshigacha yakunlanishi kerak. 

Foto:MIR/Snøhetta
Foto:MIR/Snøhetta

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid