Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Turkiya sudi Amnesty International’ning 8 faolini ozod etdi
Foto: AP Photo / Burhan Ozbilici
Istanbul sudi sud jarayoni tugaguncha tashqariga chiqmaslik sharti bilan Amnesty International huquqni himoya qilish tashkilotining 8 nafar faolini ozod etishga qaror qildi. Bu haqda Sabah nashri xabar bermoqda.
Huquq himoyachilari terrorchilik tashkilotiga a'zolikda ayblanmoqdalar. Hammasi bo‘lib 11 nafar faolga ayblov bildirilgan, ulardan 8 nafari hibsda ushlab turilgan. Turkiya prokuraturasi ularga 5 yildan 15 yilgacha qamoq jazosi berilishini talab qilmoqda.
Faollar, ular orasida Amnesty International’ning Turkiyadagi direktori Idil Eser ham bor, 6 iyulda Istanbul yaqinidagi Byuyukada orolidagi mehmonxonada huquqni himoya qilish anjumani vaqtida ushlanganlar. Amnesty International ularni ozod qilishni talab qilgan, biroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an huquqni himoya qilish tashkilotini Turkiyada davlat to‘ntaruvini amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘rishda ayblagan. Shundan keyin Eser va uning 7 hamkasbi, jumladan Germaniya fuqarosi Peter Shtoydtner hibsga olingan.
Mavzuga oid
23:32 / 16.04.2026
Bolalarni o‘ldirgan bolalar. Turkiya maktablaridagi qonli otishmalar tafsiloti
12:53 / 16.04.2026
Turkiyadagi maktabda ro‘y bergan otishma qurbonlari soni ortdi
18:05 / 15.04.2026
Turkiyadagi maktabda otishma ro‘y berdi. Qurbonlar va yaralanganlar bor
14:29 / 14.04.2026