Jahon | 00:51 / 26.10.2017
11004
2 daqiqa o‘qiladi

Tailandda bir yil avval vafot etgan qirolning dafn marosimi boshlandi

Foto: Reuters

Tailandda bir necha ming kishi ishtirokida bir yil avval vafot etgan marhum qirol Rama IX’ning (Pumipon Adulyadet) dafn marosimi boshlandi.

25 oktabr kechki vaqtdan 29 oktabrgacha davom etadigan 5 kunlik dafn marosimining ilk kuni qirol bilan vidolashish marosimi bo‘lib o‘tadi, shundan keyin uning jasadi buddaviy odatlarga ko‘ra krematsiya qilinadi.  

Qirol Rama nafaqat tailandliklar, balki qo‘shni davlatlar aholisi va buddaviy jamoat vakillari tomondan ham hurmat qilingan. Shu sababli Bangkokning aeroportlari va vokzallarida ajiotaj kuzatilmoqda.

Dafn marosimiga qirolning o‘g‘li va vorisi – qirol Rama X boshchilik qiladi. Unga qirollik oilasining qolgan a'zolari va rohiblar qo‘shilishadi.  

Tailandning marhum qiroli bilan vidolashish uchun 40 dan ko‘proq davlat delegatlari kelishadi. 

Marhum qirol Tailandni 70 yil boshqargan va 2016 yil 13 oktabrda uzoq davom etgan kasallikdan keyin vafot etgan.

Mavzuga oid