Tarmoqlarda Pxumipon Adulyadetdan söng taxtga ötiruvçi Tailandning 63 yoşli bölajak qiroli Maxa Vaçiralongkornning ustidan mazax qilişmoqda.
Foydalanuvçilar internetda iyul oyining örtalarida paydo bölgan suratlarni yodga olişmoqda. Bu suratlarda bölajak qirol — yarim yalanğoç holatda, qöllarida esa pudel bilan — Myunxen aeroportida «Boing-737» trapidan tuşib kelgani tasvirlangandi.

«Pxumipon Adulyadet ölimidan söng uning öğli Maxa Vaçiralongkorn Tailand qiroliga aylanadi. U mayka va qölida pudelli mana şu yigit», — dedi Twitter foydalanuvçilaridan biri.
Şuningdek, ba'zilar taxt vorisining köplab tatuirovkalari borligi tufayli uni rossiyalik biznesmen va rep-xonanda Timatiga qiyoslaşmoqda.
«Tailandning yangi qiroli xuddi Timatiga öxşaydi», — deydi PutenRiot nikli foydalanuvçi.












