Tailand fuqarolari qirol Pumipon Adulyadet (Rama IX)ning 89-çi tuğilgan kunini nişonlaşmoqda. U ikki oy avval hayotdan köz yumgandi. Tailandliklar bu safargi tavallud ayyomni özgaça bir qayğu bilan qarşi olişdi.

Tailandda qirolning tuğilgan kuni 1958 yildan beri milliy bayram sifatida nişonlanib kelinadi. Qirollikda 1980 yilning 5 dekabridan boşlab Ota kuni ham bayram qilinadi. Biroq, bu yilgi bayram qirolsiz ötmoqda.

Bayram munosabati bilan ön minglab kişilar quyoş çiqişiga qadar Pumipon Adulyadet nomidagi köprikka yiğildi, deb xabar bermoqda Thai PBS. Marhum qirol bağişlab 999 buddaviy rohib ibodat qilişdi. Şundan söng köprikda yiğilganlar qirollik madhiyasini birgalikda kuylaşgan.

Politsiya marosimda iştirok etganlar borasida aniq ma'lumotlarni keltirmadi. Biroq, taşkilotçilarning xabariga köra, tadbirda 50 ming nafarga yaqin kişi qatnaşgan bölişi mumkin.

Rama IX tuğilgan kuni munosabati bilan Bangkokda turli körgazmalar taşkil etilib, jaz konsertlari taşkillaştirildi – marhum qirol musiqaning aynan şu turini sevib tinglagan. Qirollik saroyi Byurosining xabar berişiça, yangi qirol Maxa Vaçiralongkorn Bodintxaratxeppxayavarangkun (Rama X) birozdan keyin Bangkokdagi Budda zumrad Ibodatxonasida maxsus diniy marosim ötkazadi. U özining marhum otasi xotirasiga bağişlanadi.

Eslatib ötamiz, Pumipon Adulyadet dunyoda eng uzoq vaqt davomida taxtda ötirgan qirollardan biri bölgan. U 1950 yilning 5 may kuni rasman taxtga kötarilgan bölib, joriy yilning 13 oktabr kuni 88 yoşida vafot etdi.