Ötgan yakşanba kuni salomatligi keskin yomonlaşgan Tailand qiroli Pxumipon Adulyadet (Rama töqqizinçi) bugun, 12 oktabr kuni 89 yoşida olamdan ötdi.
1946 yildan buyon taxtda ötirgan qirol Pxumipon 1 yildan buyon Bangkokdagi Siriraç gospitalida davolanmoqda edi. Uni oxirgi bor omma oldida 11 yanvarda körişgandi. U bugungi kunda eng köp vaqt hukmronlik qilib turgan monarx hisoblanardi.
12 oktabr kuni qirol huzurida uning barça tört farzandi, jumladan, valiahd şahzoda hozir bölgandi.
9 oktabr kuni Tailanddagi qirollik saroyi byurosi Pxumipon Adulyadetning salomatligi yomonlaşganini e'lon qilgandi. Qirol qonini toksinlar, ortiqça tuzlar va suyuqliklardan tozalaş jarayoni ötkazilgan, bu esa uning qon bosimi keskin tuşib ketişiga sabab bölgan. Şundan söng qirol öpkani sun'iy şamollatiş qurilmasiga ulangandi.
Marhum nafaqat davlat rahbari, balki öz xalqi uçun köp işlarni amalga oşirgan mehnatsevar-qirol sifatida ham öz fuqarolarining çeksiz hurmat va muhabbatiga sazovor bölgandi.
Yevropada tahsil körgan qirol Tailand umummilliy irrigatsiya tizimi muallifi bölib, aynan mana şu dastur tufayli mamlakat guruç eksporti böyiça dunyoda yetakçi öringa çiqişga muvaffaq bölgan.
Uşbu qirol taşabbusi bilan mamlakatda mol fermalari taşkil etilib, Tailandning barça maktab öquvçilari ötgan asrning 60-yillaridayoq kalsiy manbai hisoblangan sut bilan ta'minlangan.











