Tailand qiroli Rama X (Maxa Vaçiralongkorn) Bavariyaning Erding şahrida öyinçoq töpponçadan "öqqa tutilgani" ma'lum böldi. Voqea aybdorlari 13 va 14 yoşli mahalliy ösmirlar bölib çiqqan.
“Biz şarçalarni topib oldik va bu ruxsat oliş kerak bölmagan «yengil pnevmatika” – öyinçoq qurol ekanligini aniqladik”, deb politsiya boşqarmasi vakilining sözlarini keltirib ötdi Bild naşri.
Ma'lum qilinişiça, voqea 10 iyun kuni keçki payt sodir bölgan. Tailand qiroli velosipedda sayr qilib yurganda butalar orasida berkinib ötirgan ikki ösmir Rama X’ning orqasiga plastik öqlar uzişgan.
Qirol tansoqçilari voqea joyiga politsiya xodimlarini çaqirtirişgan, lekin qirol huquqni himoya qiliş idoralariga ariza berişdan boş tortgan.
Aniqlanişiça, "tajovuzkor" yoşlardan biri – 13 yoşli ösmir hali jinoiy javobgarlikka tortiliş yoşiga yetmagan, lekin uning 14 yoşli dösti tan jarohati yetkazişga uriniş moddasi bilan javobgarlikka tortilişi mumkin.
Hozirda prokuratura uşbu voqeaning tergovi bilan şuğullanmoqda.











