Jahon | 11:50 / 26.10.2017
21963
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiya genetik o‘zgartirilmagan paxta yetishtirishda peshqadam davlatga aylandi

Foto: AA Photo

Onlayn statistika va marketing tadqiqotlarni olib boruvchi Germaniyaning Statista portali bergan xabarga ko‘ra, 2016 yilda Turkiya paxta yetishtiruvchi mamlakatlar yettiligiga qo‘shilgan. Shunga qaramay, turk paxtakorlar genetik o‘zgartirilmagan (non-GMO) paxta mahsulotini yetishtirish bo‘yicha jahonda peshqadam hisoblanadi.

AQSh Qishloq xo‘jaligi departamenti bergan ma'lumotga ko‘ra, Turkiya so‘nggi 10 yil ichida genetik o‘zgartirilmagan paxta navidan olayotgan hosilni 10 foizga yoki har gektardan 1640 kilogrammdan 1800 kilogrammga oshirgan.

Genetik o‘zgartirilgan paxta mahsulotini yetishtirishda dala zararkunandalariga qarshi samarali kurash olib borilsada, undan tayyorlangan kiyimlar foydalanuvchida turli allergiya va tana kasalligini keltirib chiqarishi mumkin. Turkiya Milliy paxta kengashi raisi Barish Kochago‘zning aytishicha, qo‘shni mamlakatlarda genetik o‘zgartirilmagan paxta mahsuloti kam yetishtirilishi evaziga jahon bozorida Turkiya paxtasiga talab yuqori.

O‘tgan 83 yil davomida Nazili paxta tadqiqotlari instituti muhandislari 45 turdagi genetik o‘zgartirilmagan urug‘ ko‘rinishlarini aniqlagan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid