Jahon | 12:30 / 27.10.2017
20074
1 daqiqa o‘qiladi

Putin payshanba kungi mashqlarda to‘rtta ballistik raketani uchirdi

Foto: RF Mudofaa vazirligi

Vladimir Putin kecha kechqurun strategik yadroviy kuchlarni boshqarish bo‘yicha mashg‘ulotda ishtirok etdi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov xabar bergan.

"Mashg‘ulot chog‘ida Shimoliy va Tinch okeani flotlari atom suvosti kemalari, strategik maqsaddagi raketa qo‘shinlari, Rossiya Federatsiyasi havo-kosmik kuchlari uzoq aviatsiyasining o‘zaro harakatlanishi bo‘yicha ishlar olib borildi", - degan Peskov.

Rossiya prezidenti matbuot kotibining qo‘shimcha qilishicha, Putin to‘rtta ballistik raketani uchirgan.

Mavzuga oid