O‘zbekiston | 16:10 / 27.10.2017
17911
3 daqiqa o‘qiladi

Zarchob kichik GESlar qurilishi qanday holatda? 

Bugungi kunda gidroenergetika sohasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Kelajakda qayta tiklanuvchi energetikani rivojlantirish, respublikada gidroenergetika salohiyatidan keng foydalanish maqsadida tabiiy va sun'iy suv oqimlarida kichik gidroelektrostansiyalar qurib, elektr iste'molchilarini energiya bilan ta'minlash borasida O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2017 yil 2 maydagi PQ-2947 sonli “2017-2021 yillarda gidroenergetikani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Mazkur dasturni o‘z vaqtida va samarali amalga oshirish yuzasidan “O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati tomonidan loyihalar bo‘yicha uskuna va butlovchi jixozlar bilan bog‘liq bo‘lmagan dastlabki qurilish ishlari boshlangan. Qurilish-montaj ishlarining monitoringi tizimli yo‘lga qo‘yilgan. 

Jumladan To‘polang daryosida Zarchob kichik GESlar kaskadi qurilishi bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Mazkur GESda qurilish ishlari joriy yilning avgust oyidan boshlab yuborilgan. Shuni alohida ta'kidlash joizki, Zarchob kichik GESlar kaskadi qurilishi bo‘yicha ishlayotgan quruvchilar va ishchi guruh xodimlarining ish olib borishlari uchun “O‘zbekgidroenergo” AJ tomonidan barcha shart-sharoitlar yaratib berilgan.

Zarchob kichik GESlar kaskadi “Gidroproyekt” AJ tomonidan loyihalashtirilgan bo‘lib,  “To‘palangsuvgesqurilish” MChJ tomonidan  qurilish ishlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2017 yil 17 oktabrdagi PQ-3335 sonli qaroriga asosan obektning umumiy qiymati 80,39 mln. dollar bo‘lib, moliyalashtirish manbalari: 51,25 mln. dollar “O‘zbekgidroenergo” o‘z mablag‘lari va 29,14 mln. dollar chet-el investitsiya va kreditlari hisobiga amalga oshirilmoqda.

9 oylik yakuniga ko‘ra 1,73 mln. dollar miqdorida mablag‘ o‘zlashtirildi. Monitoring natijalari tahliliga asosan 9 oylik yakuni bilan mazkur obekt bo‘yicha qurilishni tashkil etish ishlari to‘liq bajarildi.

Kichik GES-1dagi ko‘ndalang qirqimi trapetsiya ko‘rinishidagi kanalda 127971m³yer ishlari bajarildi, hamda bosimsiz suv o‘tkazuvchi tunnelning boshlang‘ich qismini qurish ishlari yakunlandi. Shuningdek, umumiy uzunligi 180 pm bo‘lgan tunnelning 40 pm qismi qurib bitkazildi.

Kichik GES-2dagi ko‘ndalang qirqimi trapetsiya ko‘rinishidagi kanalda 70778m³yer ishlari bajarildi, hamda umumiy uzunligi 1300 pm bo‘lgan tunnelning 92 pm qismi qurib bitkazildi.

Mavzuga oid