Bugungi kunda gidroenergetika sohasida izçil işlar amalga oşirilmoqda. Kelajakda qayta tiklanuvçi energetikani rivojlantiriş, respublikada gidroenergetika salohiyatidan keng foydalaniş maqsadida tabiiy va sun'iy suv oqimlarida kiçik gidroelektrostansiyalar qurib, elektr iste'molçilarini energiya bilan ta'minlaş borasida Özbekiston Respublikasi prezidentining 2017 yil 2 maydagi PQ-2947 sonli “2017-2021 yillarda gidroenergetikani yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilindi. Mazkur dasturni öz vaqtida va samarali amalga oşiriş yuzasidan “Özbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati tomonidan loyihalar böyiça uskuna va butlovçi jixozlar bilan boğliq bölmagan dastlabki quriliş işlari boşlangan. Quriliş-montaj işlarining monitoringi tizimli yölga qöyilgan. 

Jumladan Töpolang daryosida Zarçob kiçik GESlar kaskadi qurilişi böyiça işlar olib borilmoqda. Mazkur GESda quriliş işlari joriy yilning avgust oyidan boşlab yuborilgan. Şuni alohida ta'kidlaş joizki, Zarçob kiçik GESlar kaskadi qurilişi böyiça işlayotgan quruvçilar va işçi guruh xodimlarining iş olib borişlari uçun “Özbekgidroenergo” AJ tomonidan barça şart-şaroitlar yaratib berilgan.

Zarçob kiçik GESlar kaskadi “Gidroproyekt” AJ tomonidan loyihalaştirilgan bölib,  “Töpalangsuvgesquriliş” MÇJ tomonidan  quriliş işlari olib borilmoqda.

Özbekiston Respublikasi prezidentining 2017 yil 17 oktabrdagi PQ-3335 sonli qaroriga asosan obektning umumiy qiymati 80,39 mln. dollar bölib, moliyalaştiriş manbalari: 51,25 mln. dollar “Özbekgidroenergo” öz mablağlari va 29,14 mln. dollar çet-el investitsiya va kreditlari hisobiga amalga oşirilmoqda.

9 oylik yakuniga köra 1,73 mln. dollar miqdorida mablağ özlaştirildi. Monitoring natijalari tahliliga asosan 9 oylik yakuni bilan mazkur obekt böyiça qurilişni taşkil etiş işlari töliq bajarildi.

Kiçik GES-1dagi köndalang qirqimi trapetsiya körinişidagi kanalda 127971m³yer işlari bajarildi, hamda bosimsiz suv ötkazuvçi tunnelning boşlanğiç qismini quriş işlari yakunlandi. Şuningdek, umumiy uzunligi 180 pm bölgan tunnelning 40 pm qismi qurib bitkazildi.