Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
94 yoshli ayol tug‘ilgan kunida parashyutda sakradi
Hozirgi kunda 94 yoshga qadar kamdan-kam inson umr ko‘rishi mumkin. AQShning Pensilvaniya shtatida istiqomat qiluvchi Ayla Kempbell esa o‘zining 94-tug‘ilgan kunini osmonda, parashyutda sakragan holda nishonladi. «Bu kun arafasida kelasi yili hech qachon parashyutda sakramasligim mumkin ekani haqida o‘yladim. Eng yaxshisi – buni hozir amalga oshirish», - dedi ayol.
Parvoz yo‘riqchi bilan amalga oshirilgan, shu bilan birga, Kempbell avvaliga u bilan yerda mashg‘ulot olib borgan. Shundan so‘ng keksa ayol 3000 metrlik balandlikdan hech qanday qo‘rquvsiz sakrab, pastga tushish chog‘ida soatiga 190 kilometr tezlikni qayd etdi. Ob-havo quyoshli va deyarli shamolsiz bo‘lgan, shu sababdan qo‘nish hech qanday kutilmagan holatlarsiz o‘tdi.
Ayolning yonida yaqinlari, jumladan evarasi va chevarasi bo‘lgan. Ular shunday dedi: «Uning hayot davomida qilishga ulgurish kerak bo‘lgan narsalari ro‘yxatida parashyutda sakrash ham bor edi, biz bu lahzani o‘tkazib yubora olmasdik».
Parashyut biznesi egasi Don Kelnerning (u 44 ming sakrashni amalga oshirib, Ginnessning rekordlar kitobiga kirgan) tan olishicha, bu daraja keksa insonlar parvozni amalga oshirishganini hech qachon ko‘rmagan.
Ayolning o‘zi esa quvonchini yashirib o‘tirmadi: «Erkin qulash - bu vau. Shamol ajoyib. Zo‘r bo‘ldi, menga juda yoqdi. Buni yana takrorlayman».
Mavzuga oid
00:03 / 26.08.2020
Quyosh batareyalarida ishlovchi samolyotdan dunyoda birinchi marta parashyutda sakraldi
19:13 / 17.08.2019
Kanadalik ayol bir yarim kilometr balandlikdan qulab tirik qoldi
11:26 / 10.07.2019
121 nafar desantchi parashyut bilan 164ta sakrashni amalga oshirdi
18:37 / 04.07.2019