Mudofaa vazirligiga qaraşli Toşkent viloyatida joylaşgan Nurafşon tumani Arança qörğoni desantlaştiriş dala-öquv maydonida 121 nafar desantçi 164 ta sakraş amaliyotini muvaffaqiyatli bajardi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar qilmoqda.
Ta'kidlaş kerakki, desantçilar içidan 24 nafari ilk bor “parvoz” qildi. Ular joriy yilning sentyabr oyida Qurolli Kuçlar miqyosida “Farğona” poligonida ötkazilişi rejalaştirilgan paraşyut sporti musobaqasiga qizğin tayyorgarlik körmoqda. “D-6”, “Berkut-2”, “Malva aksioma” kabi paraşyutlarda bajarilgan sakraş amaliyoti köngildagidek ötdi.
“Paraşyut kiyiş çiziği”, “Guruh komandiri tekşiriş çiziği”, “Vzvod komandiri tekşiriş çiziği”, “Havo-desant ofitseri tekşiriş çiziği”... Bu ketma-ketlik desantçilarni Havo hujumidan mudofaa qöşinlari va Harbiy havo kuçlariga qaraşli Mi-8 harbiy vertolyoti tomon tobora yaqinlaştirib boraveradi. Guruh komandirlari harbiy vertolyotga çiqiş oldi sönggi körsatmalarni berdi.
Şundan söng desantçilar guruh-guruhga bölingan holda navbatma-navbat belgilangan hududga paraşyut bilan sakraş vazifasini bajarişga kirişdi.
Uşbu maşğulot davomida ilk bor paraşyut bilan sakrayotgan desantçilar ham mavjud. Ularning könikma va imkoniyatlarini kengaytiriş, har qanday vaziyatda yuksak ruhiy va jangovar barqarorligini ta'minlaşga xizmat qiladigan maşğulot, ayniqsa, sakraş borasida “debyut” qilgan harbiylar uçun katta sinov böldi.
Söng desantçilar uçun dala şaroitida hozirlangan axborot ma'lumot markazi, psixologik zöriqişlarni bartaraf etiş punkti, tibbiy xizmat xonasi, ma'naviy hordiq çiqariş xonasi, yuviniş joyi va dala oşxonasi közdan keçirildi.



















