Özbekiston mudofaasiga kömaklaşuvçi “Vatanparvar” taşkiloti Namangan viloyati kengaşi tasarrufidagi Pop tumani öquv-sport texnika klubi qoşida viloyatdagi ilk paraşyut sport seksiyasi iş boşladi.

Yangi sport seksiyasining oçiliş marosimi, “Tokio sari yöl” şiori ostida bugun, 4 iyun kuni, Özbekiston böylab ötkazilayotgan Xalqaro Olimpiya kuni sport tadbirlari bilan birgalikda ötkazildi.

Şu munosabat bilan ötkazilgan marosimda Özbekiston mudofaasiga kömaklaşuvçi “Vatanparvar” taşkiloti viloyat kengaşi, Pop tumani hokimligi, davlat va jamoat taşkilotlari rahbariyati, Milliy gvardiya va harbiy qismlar askarlari, viloyatdagi tumanlar öquv-sport texnika klublari vakillari, sportçi yoşlar, maktab öquvçilari, maktabgaça ta'lim muassasalari tarbiyalanuvçilari iştirok etişdi.

Tantanali oçiliş marosimini Pop tumani hokimi Azamjon Sultonov kiriş sözi bilan oçdi.

“Vatanparvar” taşkiloti Namangan viloyati kengaşi raisi Ahmadjon A'loxöjayev, öz sözida Özbekiston Prezidentining 2018 yil 12 dekabrdagi “Yoşlarni vatanparvarlik ruhida va jismoniy tarbiyalaş hamda çaqiriluvçilarni harbiy-texnik mutaxassisliklar böyiça tayyorlaş tartibini takomillaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi PQ-4061-sonli qarori ijrosi doirasida paraşyut sporti böyiça taşkil etilgan mazkur sport seksiyasi, mamlakatda paraşyut sportini rivojlantiriş, qöllab-quvvatlaş va ommalaştiriş, fuqarolarning mazkur sport turiga qiziqişini şakllantirişga xizmat qilişini ta'kidladi.

Tadbirda harbiylarning hamda maktabgaça ta'lim muassasalari tarbiyalanuvçilarining körgazmali çiqişlari taşkil etildi. Turli musobaqalarda ğoliblikni qölga kiritgan “Vatanparvar” taşkiloti Namangan viloyati kengaşi tasarrufidagi ÖSTKlar jamoalari a'zolari sovğalar bilan taqdirlandi. Şuningdek, namanganlik yoş konstuktorlar tomonidan tayyorlangan raketa modellarini uçirilişi bölib ötdi.