Jahon | 13:37 / 28.10.2017
6276
1 daqiqa o‘qiladi

Liviya sharqida 37 kishining jasadi topildi

Foto: Reuters

Liviya harbiylari mamlakat sharqidagi Beng‘ozi shahridan 70 km uzoqlikda 37 kishining jasadini topishdi. Bu haqda Reuters agentligi Liviya milliy armiyasidagi manbasiga tayangan holda xabar qilmoqda. 

Odamlar nima sababli o‘lgani va ularning shaxsiga oydinlik kiritilganicha yo‘q. Umuman, so‘nggi oylarda shahar va uning atrofida inson jasadlari ko‘plab topilgan, deb xabar qiladi Reuters agentligi.

Mamlakatda bir vaqtning o‘zida ikkita yirik siyosiy kuch faoliyat yuritmoqda. Ulardan biri xalqaro koalitsiya tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan Faiz Sarajning Milliy birlik hukumati bo‘lsa, ikkinchisi Abdulloh Abdurrahmon At Taniyning sharqiy hukumatidir. 

Ikkinchi hukumat Vakillar palatasi hamda feldmarshal Xalifa Xaftar qo‘mondonligidagi Liviya milliy armiyasi tarafdori hisoblanadi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid