O‘zbekiston | 10:34 / 28.10.2017
21887
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvada Islom Karimovga haykal 2019 yilning oxirigacha o‘rnatiladi

Foto: mytashkent.uz

Moskva shahar hokimi Sergey Sobyanin O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risidagi farmoyishni imzoladi, deb xabar qilgan shahar ma'muriyati juma kuni.

Yodgorlik 2019 yil 31 dekabrga qadar Bolshaya Polyanka ko‘chasidagi 39-uyning 1-inshooti va 1-Kazachiy ko‘chasidagi 13-uy o‘rtasidagi shu nomdagi xiyobonda o‘rnatiladi.

Monumentni loyihalashtirish, tayyorlash va o‘rnatish, shuningdek, hududni obodonlashtirish bo‘yicha barcha ishlar Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondi tomonidan moliyalashtiriladi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Moskvadagi Yakimanka tumanida joylashgan shahar xiyoboniga O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov nomi berildi.

Gap Moskva markazidagi Yakimanka tumanida joylashgan O‘zbekiston konsullik bo‘limi va mehmonxona uyiga yaqin joydagi xiyobon haqida ketmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid