Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkmaniston prezidentining o‘g‘li bobosi nomidagi medal bilan taqdirlandi
Foto: hronikatm.com
Turkmanistonning Mustaqillik kuni 27 oktabrda huquqni muhofaza qilish organlari bir guruh xodimlariga mamlakat prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning otasi nomidagi - «Mälikguly Berdimuhamedow» («Malikquli Berdimuhamedov») medallari topshirildi.
«Turkmaniston xronikasi» nashriga ko‘ra, mukofotga sazovor bo‘lganlar orasida prezidentning o‘g‘li – mayor Sardor Berdimuhamedov ham bor, unga podpolkovnik unvoni ham berilgan.
Eslatib o‘tamiz, Sardor Berdimuhamedov parlament deputati ham sanaladi.
Mamlakat prezidentining matbuot xizmati mukofotga sazovor bo‘lganlar ro‘yxatida Sardor Berdimuhamedovni ko‘rsatmagan.
Gurbanguli Berdimuhammedovning bir o‘g‘li (Sardor), uch qizi va to‘rt nafar nabirasi bor. U 2007 yildan buyon Turkmaniston prezidenti hisoblanadi.
Mavzuga oid
15:14 / 30.01.2026
O‘zbekistonga o‘qishga kelganlar soni oshdi: Hindiston va Turkmaniston yetakchi
18:30 / 19.01.2026
Turkmaniston possovet hududidagi eng hushyor mamlakat deb tan olindi
18:22 / 29.12.2025
Turkmanistonda «Do‘zax darvozasi» olovini o‘chirish usuli topilgani ta’kidlanmoqda
21:33 / 12.12.2025