Jahon | 15:40 / 29.10.2017
10488
1 daqiqa o‘qiladi

Eron raketalar qurishda davom etadi

Iranian Presidency/AP

Eron prezidenti Hasan Ruhoniy rasmiy Tehron mudofaa maqsadlarida raketalar tayyorlashni davom ettirishi haqida ma'lum qildi. U bu haqda parlamentdagi chiqishi vaqtida aytib o‘tgan, parlament yig‘ilishi davlat televideniyesi orqali namoyish etilgan.

«Biz qurganmiz, quryapmiz va kelgusida ham quramiz. Bu xalqaro kelishuvlarni buzish emas», — deya uning so‘zlarini keltirgan Reuters.

Bundan avvalroq Eron TIV rahbari o‘rinbosari Abbos Arakchi rasmiy Tehron yadro qurolini rivojlantirmasligi haqida bayonot bergandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid