Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Iroqqa koalitsiya emas, Eron yordam berdi»
Shialarning «Badr» nomli harbiylashgan guruhlari qo‘mondoni Hadi al-Amiriy Bag‘dodda o‘tgan konferensiya vaqtida Iroqda IShIDga qarshi urushda AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya emas, Eron yordam bergani haqida gapirdi. Bu haqda kurdlarning «Rudau» telekanali xabar tarqatdi.
U AQShni «sovuq urush» yillaridagi siyosati orqali Afg‘onistonda va Yaqin Sharqda ekstremizm urchishiga sabab bo‘lgani uchun ayblagan.
Qo‘mondon AQSh harbiylari Yaqin Sharqda bo‘lishi terroristik tahdidning o‘sishiga sabab bo‘lishini ta'kidlagan.
Bundan avvalroq AQSh Davlat kotibi Reks Tillerson «IShID mag‘lub etilgani» munosabati bilan Iroq hududidan barcha xorijiy harbiylar, shu jumladan, eronliklar chiqib ketishi kerakligi haqida aytib o‘tgandi.
Bunga javoban Iroq bosh vaziri Haydar al-Obodiyning ma'muriyati Iroq ichki ishiga xorijliklarning aralashuviga qarshilik ifodalangan bayonotni e'lon qildi.
Mavzuga oid
09:32 / 20.06.2026
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
08:55 / 20.06.2026
OAV: Uitkoff Eron bilan muzokaralar uchun Shveytsariyaga yo‘l oldi
22:39 / 19.06.2026
Tushunarsiz kelishuv: Tehron uni «Amerika ustidan g‘alaba» deb talqin qilmoqda
21:38 / 19.06.2026