So‘rov: Kataloniyaliklarning yarmi Ispaniya tarkibida qolishni ma'qullaydi
Kataloniyaliklarning qariyb yarmi (46 foizi) Ispaniya tarkibida qolishni ma'qul ko‘radi. Lekin ular muxtoriyat vakolatlari kengaytirilishini istashadi. Ularning faqat 1 foizigina hammasi o‘z holicha qolishini istaydi.
El Pais nashrida e'lon qilingan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, Kataloniyaning Ispaniyadan to‘la ajralib chiqishi 29 foiz respondent tomonidan qo‘llab-quvvatlangan. So‘rovnoma telefon orqali o‘tkazilgan va unda 500 kishi qatnashgan.
27 oktabr kuni Kataloniya parlamenti mintaqa Ispaniyadan mustaqil bo‘lganini rasman tasdiqlaydigan rezolyutsiyani imzoladi. Bir soat vaqt o‘tib Ispaniya Senati Konstitutsiyaning 155-moddasini qo‘llashni ma'qulladi. Bu moddada muxtor hudud mamlakatdagi tartibga daxl qilgan paytda muxtoriyat huquqi to‘xtatilishi belgilangan. Shu tariqa, senat Kataloniya muxtoriyati rahbariyatini hokimiyatdan chetlashtirib, mintaqada Madridning bevosita boshqaruvini joriy etish haqidagi rezolyutsiyani qabul qildi.
Shundan keyin Karles Puchdemon kataloniyaliklarni Madrid qaroriga demokratik yo‘l bilan qarshilik ko‘rsatishga chaqirdi.
Mavzuga oid
15:10 / 10.08.2024
Kataloniya separatistlari yetakchisi Puchdemon Ispaniyani tark etdi
11:03 / 09.08.2024
Kataloniya separatistlari yetakchisi Puchdemon Ispaniyaga qaytdi
07:10 / 09.08.2024
Kataloniyani Ispaniyadan ajralib chiqishga qarshi bo‘lgan siyosatchi boshqaradi
10:40 / 22.06.2024