Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Assanj Wikileaks AQSh sababli daromadining 97 foizini yo‘qotganini ma'lum qildi
Wikileaks kompaniyasi AQSh hukumati kompaniya to‘lovlarini bloklashi oqibatida daromadining 97 foizini yo‘qotdi. Bu haqda tashkilot asoschisi Julian Assanj "Pozner" dasturida bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Intervyu Assanj 2012 yildan beri qolayotgan Ekvadorning Londondagi elchixonasida o‘tkazilgan.
"Asosan bizni jamoatchilik qo‘llab-quvvatlaydi, obunachilarimiz moliyalashtiradi, hech qanday jamg‘armalar, davlat yordamisiz... Bizni jamoatchilik qo‘llab-quvvatlaydi. Filmlar, kitoblar chiqaramiz, men chiqishlar qilaman.... Bizning daromad (bitkoinlarda) 50 ming foizdan ko‘proqni tashkil qildi. AQSh diplomatik telegrammalari va Iroq hamda Afg‘onistondagi urushlar haqidagi hujjatlardagi ma'lumotlarni oshkor qilganimizga javoban AQSh bizga qarshi kampaniyani boshladi, to‘lovlarimizni blokladi, bu esa daromadimizning 97 foizidan mahrum qildi", deb aytgan Assanj.
"Odamlar mablag‘larni bitkoinlarda yuborisha boshlashdi, so‘ngra bu valyutaning haqiqiy o‘sishi yuz berdi. Shunday bo‘ldiki, shifokor o‘z-o‘zini davoladi", deb ta'kidlab o‘tdi Wikileaks asoschisi.
Uning aytishicha, kompaniya olingan mablag‘lardan odamlarni rag‘batlantiradi. "Bu uncha ish bermaydi. Biroq biz e'tiborni jalb etish uchun tez-tez bu usulni qo‘llaymiz", deb qo‘shimcha qilgan Assanj.
Mavzuga oid
08:34
Eron bo‘yicha keskin burilish: AQSh zarbalarni bekor qildi
22:12 / 11.06.2026
AQSh Ukraina va Erondagi urushlar tufayli dunyodagi eng yirik neft eksportchisiga aylandi
21:17 / 11.06.2026
Tramp Eron neft va gaz bozorlarini «to‘liq Amerika nazorati ostiga» olishga va’da berdi
20:29 / 11.06.2026