Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron prezidenti Tramp bilan uchrashishni istamagani ma'lum bo‘ldi
Foto: Free Stock Images
AQSh prezidenti Donald Tramp sentabrda o‘tgan BMT Bosh assambleyasi sammiti doirasida Eron prezidenti Hasan Ruhoniyga shaxsiy uchrashuv o‘tkazishni taklif qilgan, biroq Ruhoniy bu taklifni rad etgan. Bu haqda Eronning Fars axborot agentligi xabar bermoqda.
Bu haqda birinchi bo‘lib tahlilchi Mahdi Fazayliy so‘zlab bergan. "AQSh prezidenti Tramp prezident Ruhoniyga uning sentabrda an'anaviy anjumanda ishtirok etish uchun Nyu-Yorkka tashrifi vaqtida shaxsiy uchrashuvni taklif qilgan, biroq bizning prezident bu taklifni rad etgan", deb so‘zlagan Fazayliy.
Uning aytishicha, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron ikki davlat rahbarlari o‘rtasida vositachilik qilmoqchi bo‘lgan, biroq u ham uchrashuvni tashkillashtira olmagan.
Keyinroq Eron tashqi ishlar vazirligi Fars axborot agentligiga bu ma'lumot haqiqiy ekanligini tasdiqlangan.
Mavzuga oid
09:25 / 15.04.2026
Tramp: Eron bilan mojaro tugashiga oz qoldi
08:38 / 15.04.2026
Tramp Melonini Eron bo‘yicha pozitsiyasi uchun keskin tanqid qildi
09:10 / 09.04.2026
AQSh NATOdagi a’zoligini qayta ko‘rib chiqishi mumkin
13:42 / 10.03.2026