Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abe Yaponiya bosh vaziri lavozimiga qayta saylandi
Sindzo Abe mamlakat parlamentining quyi palatasidagi ovoz berish natijalari bo‘yicha Yaponiya Bosh vaziri lavozimiga qayta saylandi, deya xabar bermoqda RIA Novosti muxbiri vakillar palatasi majlislar zalidan.
22 oktabr kuni bo‘lib o‘tgan vakillar palatasi saylovlarida ko‘pchilik ovoz olgan Liberal-demokratik partiya yetakchisi Sindzo Abe aksariyat ovozlarni to‘pladi va vazirlar mahkamasi rahbari lavozimini saqlab qoldi.
Eslatib o‘tamiz, Yaponiyaning Liberal-demokratik partiyasi va Komeyto partiyasi tuzgan koalitsiya 22 oktabrda mamlakatdagi parlamentning quyi palatasiga saylovlarda deputatlik mandatlarining uchdan ikkisini qo‘lga kiritib, konstitutsiyaviy ko‘pchilikni ta'minlagandi.
Mavzuga oid
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
20:36 / 06.06.2026
Talaba vizasining muddati tugagan o‘zbekistonlik Yaponiyadan deportatsiya qilindi
18:54 / 05.06.2026
Dunyodagi eng mashhur 10 ta avtomobil brendi nomi e’lon qilindi
08:33 / 04.06.2026