Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bangladesh fuqarosi telefon raqamini ko‘rsatgan film mualliflarini sudga berdi
Bangladeshlik avtoriksha Ijajul Mia (Ijajul Mia) «Siyosatchilar» filmining aktyori, rejissyori va prodyuseri Shakib Xon ustidan sudga murojaat qildi. Gap shundaki, Shakib tasvirga olish jarayonida Ijajul telefon raqamidan foydalangan. Mianing so‘zlariga ko‘ra, u xon muxlisalaridan yuzlab telefon qo‘ng‘iroqlarini olgan va bu deyarli uning hayotini barbod qilayozgan.
«Siyosatchilar» filmi iyun oyida katta ekranlarga chiqdi. Unda Xon qahramoni sevgilisiga o‘z telefon raqamini beradi. Ma'lum bo‘lishicha, ana shu raqam Miaga tegishli bo‘lgan. O‘shandan beri unga aktyor muxlisalari qo‘ng‘iroq qilib, Xon bilan suhbatlashatganiga ishongan holda hech bo‘lmasa 1-2 daqiqa suhbatlashishni so‘rab, holi-joniga qo‘yishmaydi. Ayollardan biri uning qayerda yashashini bilib olgach, 500 km uzoqdan uchrashuvga ham kelgan, deb yozadi AFP.
Mianing so‘zlariga ko‘ra, uning rafiqasi uyni tark etishni so‘rab, ajralishini aytgan. U esa telefon raqamini o‘zgartirsa, biznesi va mijozlarini yo‘qotishidan xavotirda. Filmga uning telefon raqami qanday qilib tushib qolganidan u bexabarligini ta'kidlaydi.
Mia 29 oktabrda sudga murojaat qilgan bo‘lib, 60,9 ming dollar tovon puli undirish niyatida. Advokatining aytishicha, tuman sudi sudyasi uning arizasini «qabul qilishga shoshilmagan».
Sudya muxlisalarning qo‘ng‘iroqlari haqiqatdan ham avtorikshaning hayotini barbod qilishiga oz qolgani to‘g‘risidagi faktni tekshirishni talab qilgan.
Mavzuga oid
08:54 / 03.06.2026
BMT Bosh assambleyasiga yangi rais saylandi
13:18 / 01.12.2025
O‘zbekiston Bangladesh kompaniyalari uchun tranzit va ishlab chiqarish habi bo‘lishi mumkin
09:43 / 27.11.2025
Bangladeshda O‘zbekistonning yangi elchisi ishonch yorliqlarini topshirdi
16:11 / 17.11.2025