Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Foto: OAV Sayfullo Soipov haqida yangi ma'lumotlarni aniqladi
31 oktabr, seshanba kuni Manxettenda yuk mashinasini boshqargan shaxs odamlarni qasddan urib yuborishi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi, 12 kishi jarohatlandi. Kelib chiqishiga ko‘ra o‘zbekistonlik bo‘lgan Sayfullo Saipov terakt ijrochisi sifatida gumon qilinmoqda.
U ayni vaqtda qo‘lga olingan. 29 yoshli bu terrorchi Uber haydovchisi sifatida ishlagan. Ayrim manbalarga ko‘ra, u mashinada teraktni IShID nomidan sodir etgani ifodalangan yozuv qoldirgan.
Huquq-tartibot organlari ma'lumotlariga ko‘ra, u Nyu-Jyersi Paterson shahrida yashagan.
Uning yonida haydovchilik guvohnomasi topilgan, guvohnoma Florida shtati, Tampa shahrida berilgan.

Soipovning tanishi - Qobiljon Matkarov «u juda baxtiyor odam bo‘lgani» haqida aytib berdi.
«U AQShni sevardi, u terrorchi emas. U hamisha baxtli edi va tabassum qilardi», degan Matkarov.
The New York Times ma'lumotiga ko‘ra esa, Soipov avval ham AQSh hukumati e'tiboriga tushgandi.
Xabarda yozilishicha, huquq-tartibot organlari Sayfullo Soipov haqida Nyu-Yorkdagi teraktga aloqasi bo‘lmagan tekshiruv doirasida axborot to‘plagan. Soipov tergovni birinchi navbatda qiziqtirgan shaxsning qarindoshi yoki tanishi bo‘lgan.

AQSh ichki xavfsizlik vazirligi, FQB va Nyu-York politsiya boshqarmasi ikki yil davom etgan tekshiruv yakunlariga ko‘ra, 5 nafar o‘zbekistonlik va bir qozog‘istonlikka nisbatan IShID terrorchilik guruhini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha rasmiy ayblov e'lon qilgan edi. Soipov ulardan biri bo‘lgan-bo‘lmagani noma'lum.
Mavzuga oid
14:42 / 18.05.2023
Sayfulla Soipov 8 karra umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi
18:59 / 27.01.2023
AQShda terakt uyushtirgan o‘zbekistonlik sudda aybdor deb topildi
08:49 / 29.09.2018
AQSh prokuraturasi Sayfullo Soipov uchun o‘lim jazosini talab qildi
14:21 / 07.09.2018