Nyu-Yorkda terakt sodir etiş va sakkiz kişini öldirişda ayblanayotgan asli kelib çiqişi özbekistonlik bölgan Sayfullo Soipovning advokatlari fikriça, AQŞ prezidenti Donald Tramp özining bayonotlari bilan tergovga bosim ötkazmoqda. Ularning bildirişiça, öz mijozlari ustidan bölib ötadigan sud halol va adolatli ötişiga şubha bilan qaraşmoqda. Bu haqda Manxetten sudiga payşanba kuni himoya tomoni topşirgan murojaatnomada aytiladi, deb xabar bermoqda TASS.

Sud elektron bazasida e'lon qilingan hujjatlarga köra, Soipovning advokatlari sudya Vernon Broderikdan prokuraturani ayblanuvçi uçun ölim jazosiga erişiş huquqidan mahrum qilişni söraydilar. Himoya tomonining bildirişiça, ayblanuvçi uçun oliy jazoni rasmiy ravişda talab qiliş haqida bir qarorga kelişi lozim bölgan AQŞ Adliya vazirligi rahbari Jyeff Seşns uşbu masalada obektiv böla olmaydi, sababi Tramp unga bosim ötkazib, «oşkora siyosiy pozitsiya»dan kelib çiqqan holda qaror qabul qilişga majburlamoqda. 

Advokatlar Trampning Twitter’da Soipov hibsga olinganidan söng yozgan qator xabarlarini öz sözlariga dalil sifatida keltirişgan, ularda prezident asli kelib çiqişi özbekistonlik bölgan şaxsga ölim jazosi talab qilgan. Bundan taşqari, himoya tomoni Oq uy rahbarining yaqindagi tvitini körsatgan, unda davlat rahbari Seşnsni uning mahkamasi AQŞ Kongressiga oraliq saylovlar arafasida ikki nafar respublikaçi kongressmenga ayblov qöygani uçun tanqid qiladi. 

Advokatlarning bildirişiça, şu munosabat bilan Adliya vazirligi Soipov işi böyiça «mustaqil qaror qabul qila olmaydi», sababi Tramp bosim ötkazmoqda. Şu bilan birga, himoyaning körsatişiça, agarda sud ayblov tomonini Soipovga ölim jazosi talab qiliş huquqidan mahrum etmasa, unda Seşnsning örniga mustaqil prokurorni tayinlaşi hamda unga uşbu iş böyiça qarorlar qabul qiliş vakolatini berişi lozim.