2017 yilda Nyu-Yorkda Hellouin bayrami munosabati bilan hujum uyuştirgan özbekistonlik Sayfullo Soipov sudda aybdor deb topildi va endi ölim yoki umrbod qamoq jazosiga hukm qilinişi mumkin, deb xabar berdi «Amerika Ovozi». Uning qilmişi oqibatida sakkiz kişi halok bölgan edi.

2017 yil 31 oktyabr kuni Nyu-Yorkdagi maşhur velosiped yölagida yuk maşinasini odamlar ustiga haydagan Soipov 28 ta jinoyatda aybdor deb topildi. Prokuratura uning «Islomiy davlat» terrorçilaridan ilhomlanib, odamlarni öldirişga qaror qilganini aytdi.

Endi Soipovni qatl etiş yoki qolgan kunlarini qamoqda ötkaziş töğrisidagi qaror 6 fevral kuni e’lon etiladi.

Agar Özbekiston fuqarosi bölgan Soipov ölim jazosiga hukm qilinsa, bu sönggi 60 yil içida birinçi marta şunday hukm bölişi mumkin. Nyu-York ştatida ölim jazosi uzoq vaqtdan beri qöllanmagan, oxirgi marta ayblanuvçi 1963 yilda qatl etilgan.

Qayd qilinişiça, Soipov Nyu-Jyersida yuk maşinasini ijaraga olgan, uni Hadson daryosi böyidagi yöl böylab boşqargan va Jahon Savdo Markazi yaqinida maktab avtobusiga borib urilişdan oldin bir neçta velosipedçilarni bosib ketgan. Şundan söng u qölida ov miltiği va peyntbol töpponçasi bilan yuk maşinasidan tuşgan. Şunda politsiya uni öqotar qurollar bilan taslim qilgan.

Hujum oqibatida 8 kişi halok böldi, köplab odamlar oğir jarohat oldi, jumladan, bir ayol ikki oyoğidan ajraldi.

Soipov 2010 yilda Özbekistondan qonuniy ravişda AQŞga köçib ötgan va Ohayo, Florida va Nyu-Jyersida yaşagan.