Qarorni şarhlar ekan, boş prokuror Merrik B. Garland şunday dedi:

«Hukm Sayfulla Soipov IŞIDning puxta rejalaştirilgan terakti oqibatida sakkiz nafar begunoh jabrdiydani şafqatsizlarça öldirgani uçun butun umrini federal qamoqxonada ötkazişini bildiradi». 

Öz navbatida, AQŞning Nyu-York Janubiy okrugi prokurori Demian Uilyams «sakkizta umrbod qamoq jazosi Soipov terakt sodir etganida özi boşiga yetgan sakkizta hayotdir, 260 yillik qamoq jazosi esa - 18 ta qotillikka, jumladan, tört nafar bolani öldirişga uriniş uçun eng köp jazo» ekanligini tuşuntirdi. 

2023 yil yanvarida hakamlar hay’ati Özbekiston fuqarosi Sayfulla Soipovni 2017 yilda Nyu-Yorkda terakt sodir etiş va sakkiz kişini öldirişda aybdor deb topdi. 

Mart oyida Soipov ustidan mahkama jarayonida iştirok etgan hakamlar hay’ati ölim jazosi uçun zarur bölgan bir ovozdan qaror qabul qila olmagani, şu bois ayblanuvçi umrbod qamoq jazosiga hukm qilinişi xabar berilgan edi. 

Sayfulla Soipov 2017 yil 31 oktyabr kuni Nyu-Yorkdagi maşhur velosiped yölagida yuk maşinasini odamlar ustiga haydagan. 

Soipov Nyu-Jyersida yuk maşinasini ijaraga olgan, uni Hadson daryosi böyidagi yöl böylab boşqargan va Jahon savdo markazi yaqinida maktab avtobusiga borib urilişdan oldin bir neçta velosipedçilarni bosib ketgan. Şundan söng u qölida ov miltiği va peyntbol töpponçasi bilan yuk maşinasidan tuşgan. Şunda politsiya uni öqotar qurollar bilan taslim qilgan.

Hujum oqibatida 8 kişi halok böldi, köplab odamlar oğir jarohat oldi, jumladan, bir ayol ikki oyoğidan ajraldi.

Soipov 2010 yilda Özbekistondan qonuniy ravişda AQŞga köçib ötgan hamda Ohayo, Florida va Nyu-Jyersida yaşagan.