AQŞ prokuraturasi 2017 yilning 31 oktabr kuni Nyu-Yorkda terrorçilik harakati sodir etgan, asli kelib çiqişi özbekistonlik bölgan Sayfullo Soipov uçun qatl etiş tarzidagi jazoni talab qildi. Bu haqda NBC News.

Telekanal ma'lumotlariga köra, Nyu-York ştatida eng oliy jazo 1953 yildan beri qöllanilmagan.

Ta'kidlanişiça, Soipovning advokatlari prokuratura qaroridan norozi ekanliklarini bildirişgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Sayfullo Soipovning advokatlari Trampdan norozi ekani, u öz bayonotlari bilan tergovga bosim ötkazayotgani aytilgandi.

Nyu-Yorkda terakt sodir etiş va sakkiz kişini öldirişda ayblanayotgan asli kelib çiqişi özbekistonlik bölgan Sayfullo Soipovning advokatlari fikriça, AQŞ prezidenti Donald Tramp özining bayonotlari bilan tergovga bosim ötkazmoqda.