Jahon | 10:20 / 02.11.2017
77501
2 daqiqa o‘qiladi

FQB Soipovning sherigini qo‘lga oldi

© AP Photo / Andres Kudacki

Federal qidiruv byurosi Nyu-Yorkdagi teraktdan keyin O‘zbekistonning yana bir fuqarosi Muhammadzoir Qodirov haqida ma'lumot yig‘moqda.

«Muhammadzoir Qodirov qo‘lga olingan, biz u haqdagi har qanday ma'lumotni yig‘amiz», deyilgan FQBning Nyu-York bo‘limi xabarnomasida.

Bundan avvalroq FQB direktorining yordamchisi Bil Svini hukumat «Qodirovni qidirmayotgani», u «topilgani» haqida ma'lumot bergandi. Ammo u batafsil ma'lumotlar keltirmagan.

OAVning yozishicha, Qodirov Sayfullo Soipovning kamdan-kam do‘stlaridan biridir.

Seshanba kuni Nyu-Yorkda, shaharning janubiy-g‘arbiy qismida pikap avtomobili velosipedlar yo‘lagiga bostirib kirdi va o‘z yo‘lidagi velosipedchilarni bosib o‘ta boshladi. Mashina maktab avtobusiga borib urilgan. Shundan so‘ng, haydovchi mashina ichidan chiqqan va qocha boshlagan. Politsiyachilar uni otib jarohatlashgan va qo‘lga olishgan. Hodisa oqibatida halok bo‘lganlar soni 8 nafarni tashkil etdi, yana 12 kishi jarohatlandi. Hukumat bu hodisani terakt deb baholadi.

Terakt ijrochisi 2010 yilda «Grin-karta» orqali AQShga borgan O‘zbekiston fuqarosi Sayfullo Soipov bo‘lib chiqdi.

Mavzuga oid