Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent yana bir xalqaro sport musobaqasiga mezbonlik qiladi
10-12 noyabr kunlari Toshkentda yana bir nufuzli musobaqa - qo‘l jangi bo‘yicha Osiyo ochiq chempionati bo‘lib o‘tadi. Unda Osiyo qit'asi hamda jahonning 20ga yaqin mamlakatidan kelgan eng kuchli sportchilar bahs olib borishadi.
Janglar 17ta vazn toifasida (erkaklar 9ta, ayollar 8ta) o‘tkaziladi. 10-11 noyabr kunlarida saralash bahslari o‘tkazilsa, final bellashuvlari 12 noyabrga belgilangan.
Aynan mana shu chempionat doirasida 11 noyabr kuni ochilish marosimidan so‘ng O‘zbekistonning eng kuchli professional qo‘l jangi ustalari 70 kg vazn toifasida Iqboljon Xudoyqulov, 85kg.da Bekzod Nurmatov va 90 kg.da Muzaffar Rajabov o‘zlarining reyting janglarini o‘tkazishadi.

Musobaqada Xalqaro qo‘l jangi federatsiyasi prezidenti Sergey Astaxov, mashhur xalqaro promuoter Vladimir Xryunov va dunyoning mashhur qo‘l jangi ustalari rasmiy mehmon sifatida tashrif buyurishadi.
Mavzuga oid
08:07 / 21.06.2022
Dzyudo va qo‘l jangini rivojlantirish bo‘yicha prezident qarorlari qabul qilindi
08:24 / 09.02.2022
O‘zbekistonda qo‘l jangi yanada rivojlantiriladi - Prezident qarori loyihasi
21:32 / 07.06.2021
Qo‘l jangi bo‘yicha Toshkentda o‘tgan jahon chempionatida O‘zbekiston 1-o‘rinni egalladi
23:41 / 05.05.2019