Prezidentning “Özbekistonda qöl jangi sport turini yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Qöl jangi sport turini rivojlantiriş doirasida amalga oşiriladigan ustuvor yönalişlar va vazifalar sifatida quyidagilar belgilanadi:
- qöl jangi sport turi böyiça iqtidorli sportçi yoşlarni tanlab oliş faoliyatining samaradorligini oşiriş va öquv-maşq jarayonini sifatli taşkil etiş;
- qöl jangi sportini ommalaştiriş, yoşlarni sport klublari, seksiyalari va tögaraklariga keng jalb qiliş hamda şu orqali sportçilarning jinoyatlarni sodir etiş va jinoiy guruhlarga qöşilib ketişining oldini oliş;
- qöl jangi böyiça Özbekiston milliy terma jamoasining nufuzli xalqaro musobaqalarda iştirok etişi uçun sifatli va samarali tayyorgarligini ta’minlaş;
- xalqaro musobaqalarning ğoliblari va sovrindorlarini rağbatlantiriş, şuningdek, trenerlar, hakamlar va qöl jangi böyiça boşqa mutaxassislarni ijtimoiy va moddiy qöllab-quvvatlaşni kuçaytiriş;
- qöl jangi sport turini rivojlantiriş maqsadida moddiy-texnik bazani mustahkamlaş va infratuzilmani takomillaştiriş.
Belgilanişiça, qöl jangi sporti özida sambo, boks, kuraş, karate, uşu, taekvondo, aralaş jang san’ati kabi sport turlarini jamlaganini inobatga olib, qöl jangi sport turi böyiça yaratilayotgan barça şart-şaroitlar va imkoniyatlar ta’kidlangan sport turlarini rivojlantirişning asosiy mezoni hamda yönaltiruvçisi hisoblanadi.
Turizm va sport vazirligi, Xalq ta’lim vazirligi va Qöl jangi federatsiyasining har bir bolalar-ösmirlar sport maktabida (şu jumladan, kelgusida yangi taşkil qilinadigan maktablarda) hamda yakkakuraş sport turlariga ixtisoslaştirilgan bolalar-ösmirlar sport maktablarida mavjud imkoniyatdan kelib çiqib, qöl jangi sport turi böyiça seksiya va bölimlarini taşkil etiş töğrisidagi takliflari ma’qullanadi.
2023 yildan boşlab qöl jangi sport turi böyiça hududlarda iqtidorli yoşlarni aniqlaş, tanlaş va saralaş (seleksiya)ning tört bosqiçli tizimi joriy etiladi.
Bunda:
- birinçi bosqiçda — ta’lim muassasalari, bolalar-ösmirlar sport maktablari, şu jumladan yakkakuraş sport turlariga ixtisoslaşgan bolalar-ösmirlar sport maktablari sportçilari örtasida ötkaziladi;
- ikkinçi bosqiçda — birinçi bosqiç ğoliblari va sovrindorlari örtasida hududiy musobaqalar (tuman/şahar hokimi kubogi);

















