“Huquqiy axborot” kanali xabariga köra, 2023 yil 1 yanvardan an’anaviy tarzda dzyudo sport turi böyiça Özbekistonda quyidagi musobaqalar ötkaziladi:

  • kattalar örtasida “Katta dubulğa” xalqaro turniri;
  • Osiyo çempionati ğolibi va Xalqaro toifadagi Özbekiston sport ustasi Uçqun Murodov xotirasiga bağişlangan 18 yoşgaça bölgan öğil bolalar va qizlar örtasida xalqaro turnir;
  • maktab öquvçilari örtasida “Xalq ta’limi vaziri kubogi”;
  • örta maxsus, professional va oliy ta’lim muassasalari öquvçi-talabalari örtasida “Oliy va örta maxsus ta’lim vaziri kubogi”;
  • Qurolli Kuçlar tizimida “Mudofaa vaziri kubogi”;
  • 2024–2025 yillarda harbiylar örtasida Jahon çempionati.

2023 yil 1 yanvardan Sportni rivojlantiriş vazirligi tizimiga kiruvçi Denov hamda Urganç dzyudo sport mahorati maktablari (dzyudo maktablari) davlat sport-ta’limi muassasasi sifatida taşkil etiladi.

Dzyudo maktablariga öqişga 5-sinfdan qabul qilinadi hamda ta’lim oliş muddati 7 yil etib belgilanadi.

2023 yil 1 yanvardan:

  • umumiy örta ta’lim maktablarida dzyudo sport turini rivojlantiriş böyiça “Bolalar uçun dzyudo” dasturi;
  • maktabgaça ta’lim taşkilotlarida “Maktabgaça dzyudo” loyihasi joriy qilinadi.

2023 yildan dzyudoni öquvçilar örtasida ommalaştiriş böyiça tanlangan maktablarni öquv qöllanma, tatami, aksessuar va boşqa zarur anjomlar bilan ta’minlaş uçun har yili 5 milliard sömgaça mablağ yönaltiriladi.

“Bolalar uçun dzyudo” dasturi doirasida qurib foydalanişga topşirilgan dzyudo zallarida Özbekiston dzyudo federatsiyasi huzuridagi Dzyudo sport klubining filiallari taşkil etiladi.

Özbekiston Milliy universitetida 2022/2023 öquv yilidan “Dzyudo va sport faoliyati” bakalavriat ta’lim yönalişi oçiladi. Sportni rivojlantiriş vazirligi tizimida Özbekiston dzyudo akademiyasi taşkil etiladi.

2023 yildan an’anaviy tarzda qöl jangi sport turi böyiça:

  • har yili Toşkent şahrida 14 yanvar ‒ Vatan himoyaçilari kuniga bağişlangan Qurolli Kuçlar çempionati hamda öz xizmat vazifasini bajariş çoğida qahramonlik va jasorat körsatib, halok bölgan harbiy xizmatçilar va xodimlar xotirasiga bağişlangan Xotira turniri taşkil etiladi;