Jahon | 09:28 / 03.11.2017
3861
1 daqiqa o‘qiladi

Braziliya, AQSh, Peru va Kolumbiya Amazoniyada qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazadi

Braziliya qurolli kuchlari AQSh, Peru va Kolumbiya bilan birgalikda yong‘inlarni o‘chirish va turli gumanitar operatsiyalar vaqtidagi xatti-harakatlarni mashq qiladi.

Gap Amazonka o‘rmonlarining yetib borish qiyin bo‘lgan joylarida va tabiiy ofat hududlarida qolgan odamlarga yordam ko‘rsatish haqida ketmoqda.

Mashg‘ulotlarda ishtirok etuvchi davlatlarning tanlanishi AQShning qo‘yilayotgan vazifalarni bajarishda katta tajribaga egaligi, Kolumbiya va Peru esa Braziliya bilan umumiy chegaraga egaligi bilan shartlangan.

Mashg‘ulotlarga 2 ming kishi, 20 ta samolyot va bir nechta kema jalb qilinadi. Ular 6 noyabrda boshlanib, bir hafta davom etadi. Mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun vaqtinchalik harbiy baza tashkil etiladi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid