Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kanadalik o‘ziga tegishli maydonda kimningdir uyiga duch keldi
Kanadaning Paylot Byutt shahrida yashovchi Patrik Meyz ertalab ishga jo‘nab ketayotganida o‘z maydonida kimningdir uyi turganini payqab qoldi. Ertasi kuni ertalab u uy hamon o‘sha yerda turganini ko‘rgan. Ichkarida esa hech kim bo‘lmagan; bino qayerdan paydo bo‘lgani tushunarsiz edi.
Shundan so‘ng Meyz chiday olmadi va feysbukda bu haqda post qoldirdi: «Bunday vaziyatga hech qachon duch kelmagandim, biroq balki do‘stlarim bu holatni boshdan o‘tkazishgandir hamda maslahat berishlari mumkin. Kimdir qachondir uyni topib olganmi?»

Kanadalik tashlab ketilgan uyni o‘ziga qoldirish haqida o‘ylay boshlagan. Shu bilan birga, u binosini yo‘qotib qo‘ygan insonga ham murojaat qildi.
Hamda uyning egasi topildi! U qo‘shni shahar – Chaplinda yashovchi Brend Robertson ekan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Vinnipegdan tayyor uyga buyurtma bergan, biroq uni olib kelishganida, binoda SaskPower mahalliy energetika kompaniyasidan ruxsatnoma yo‘qligi ma'lum bo‘ldi. Uyni olib kelgan kompaniya uni Vinnipegga qayta olib ketish haqida va'da berdi va ruxsat oldi, biroq binoni yarim yo‘lda – Patrik Meyzning maydonida tashlab ketishgan.
Robertson uyni Meyzning maydonidan olib ketishlari uchun yetkazib berish xizmati bilan bog‘lanishga va'da berdi.
Mavzuga oid
11:19 / 29.06.2026
JCh kundaligi. 1/8 finalning ilk ishtirokchisi ma’lum, Koreya lagerida mojaro, Kabo-Verde sardorida muammo
07:43 / 13.06.2026
Kanada JCh tarixidagi ilk ochkosini qo‘lga kiritdi
16:40 / 12.06.2026
Mundial tanishtiruvi. B guruhi haqida nimalarni bilish kerak?
14:14 / 12.06.2026