Jamiyat | 08:14 / 04.11.2017
15885
2 daqiqa o‘qiladi

Apple rahbari iPhone X narxini qahva narxiga qiyosladi

Foto: Getty Images

Apple rahbari Tim Kuk iPhone X’ni pulini bo‘lib to‘lash yo‘li bilan sotib olish har kuni bir finjon qahva sotib olishdek gap, deb aytdi. U bu haqda investorlar bilan konferents-aloqa vaqtida aytgan.  

Kuk yangi smartfon qimmat turishini tan olgan, biroq ko‘pchilik uni pulini bo‘lib to‘lash yo‘li bilan sotib olayotganini eslatib o‘tdi.

Uning aytishicha, ming dollarga yaqin turadigan iPhone X uchun bo‘lib-bo‘lib pul to‘lash “eng qimmat qahvaxonalardan birida bir finjon qahva narxidan ham arzonga tushishini” aytgan.  

“iPhone’ni yangilash dasturiga ko‘ra eng qimmat iPhone uchun har oylik to‘lov 56 dollarni tashkil qiladi. Bu esa kuniga 2 dollardan kamroq deganidir. Vaholanki, Nyu-Yorkda lattening (qahva ichimligi turi) narxi 4 dollarni tashkil qiladi”, deb aytgan Kuk. 

Shu tariqa, Kukning aytishicha, o‘ziga bir finjon qahva sotib olishga ijozat beruvchi istalgan odam iPhone X sotib olishga qodir.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid