Jahon | 20:50 / 05.11.2017
9137
1 daqiqa o‘qiladi

Eron Saudiya Arabistoniga raketa zarbasi berilishiga aloqador emasligini aytdi

Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi boshlig‘i Muhammad Ali Jafariy Eron Yaman hududidan Saudiya Arabistoniga raketa bilan zarba berilishiga aloqador emasligini va AQSh prezidenti Donald Trampning bu boradagi ayblovini rad etdi.

Saudiya Arabistoni havo hujumiga qarshi mudofaa kuchlari Ar-Riyoddan shimol tomonda ballistik raketani yo‘q qilishga muvaffaq bo‘lishgan. Ba'zi ma'lumotlarga ko‘ra, Yaman hududidan raketa otilishiga husiylar aloqador bo‘lgan. 

5 noyabrda Tokioga uchayotgan Tramp bu hujumda Eronni ayblagan. Jafariy bunga e'tiroz bildirib, Tramp odatga ko‘ra asossiz bayonotlar berganini aytgan. Uning aytishicha, Eron Yamanga raketalar berish imkoniyatga ega emas.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid