Jahon | 16:00 / 06.11.2017
3630
2 daqiqa o‘qiladi

Abe Trampning KXDR bo‘yicha pozitsiyasini qo‘llab-quvvatladi

Foto: AP

Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe AQSh prezidenti Donald Trampning Shimoliy Koreya muammosini harbiy yo‘l bilan hal qilish imkoniyati bo‘yicha pozitsiyasini qo‘llab-quvvatladi. Uning qo‘shma matbuot anjumanida ma'lum qilishicha, Pxenyanga ta'sir ko‘rsatishning barcha variantlari «stol ustida turibdi». Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

«Biz prezident Trampning Shimoliy Koreyaga nisbatan barcha variantlar stol ustida turgani bo‘yicha pozitsiyasini qo‘llab-quvvatlaymiz», - deya aytib o‘tdi Yaponiya bosh vaziri. 

Trampning matbuot anjumanida ma'lum qilishicha, AQSh «KXDRning fitnalariga» boshqa sabr qilib turmaydi. Avvalroq u Yaponiya hukumatining Shimoliy Koreya raketalari bo‘yicha pozitsiyasini tanqid qilgandi.

«Nega biz choralar ko‘rib, mamlakat ustidan uchib o‘tayotgan raketalarni urib tushirmadik? Bu samuraylar mamlakati, men ularni tushunmayman», - deya ma'lum qilgandi o‘shanda Tramp.

Tramp muzokaralar davomida Yaponiya hukumatiga Amerika qurol-yarog‘i xaridini kengaytirishni tavsiya qildi. Qayd etilishicha, bu KXDRdan uchayotgan raketalarni urib tushirish uchun imkoniyat beradi.

Shuningdek, ikki davlat yetakchisi Shimoliy Koreyaga uning yadro quroli bo‘yicha harakatlarni to‘xtatishi uchun maksimal bosim o‘tkazishga kelishib oldi. Abe esa KXDRga qarshi yangi sanksiyalar haqida ma'lum qildi: 35 jismoniy shaxs va tashkilotning hisob raqamlari muzlatiladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid