Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Foto: Konte o‘yin oxirida Mourinoga qo‘l bermadi
5 noyabr oqshomida Londonda Angliya chempionati 11-turi doirasida «Chelsi» va «Manchester Yunayted» o‘rtasida turning muhim uchrashuvlaridan biri bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv mezbonlarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
O‘yin tugagani haqida hakam hushtagi yangragach, mezbon jamoa bosh murabbiyi Antonio Konte odatga ko‘ra raqib jamoa bosh murabbiyi bilan qo‘l tashlashish o‘rniga maydon tomon chopdi, Joze Mourino esa uni bir muddat kutib turdi va u kelavermagach, ichkariga yo‘naldi.



Antonio Konte bu vaziyatga izoh berib o‘tdi.
«Muhimi g‘alaba. «Manchester Yunayted» bilan o‘ynar ekansan, bu hamisha katta o‘yin bo‘ladi. Biz bu juda jiddiy raqib ekanini bilardik. Bu jamoa ustidan qozonilgan g‘alaba esa bizga ishonch beradi. «Chelsi» yutqazishi yoki yutishi mumkin, ammo jamoada shunday ruh bo‘lishi kerak. O‘tgan mavsumda har bir o‘yinda shunday xarakter ko‘rsatilardi. Bu mavsum esa ko‘plab muammolar bilan boshlandi. Bugungi o‘yin esa biz nimani istasak, erisha olishimiz mumkinligini ko‘rsatdi.
Morata o‘zining kuchli ekani, bu ligada o‘ynash uchun yetarli darajada kuchli ekanini namoyish etdi. Alvaro yana gol urishi mumkin edi, ammo u urgan bir gol jamoaga g‘alaba keltirdi.
Morata – hali yosh futbolchi. Bunday o‘yinlar esa unda o‘ziga bo‘lgan ishonchni orttiradi.
Joze Mourinoga qo‘l bermaganim esa muhim vaziyat emas. Muhimi bizning g‘alabamiz. Hurmatni maydonda ko‘rsatish kifoya, maydon tashqarisida emas», – deya Kontening so‘zlarini keltirgan Sky Sports.
Mavzuga oid
17:44 / 08.06.2026
Peres «Real»ga Joze Mourino bosh murabbiy bo‘lishini e’lon qildi
13:38 / 01.06.2023
«Sevilya» yana Yevropa Ligasida g‘olib. Ularni Mourino ham to‘xtata olmadi
20:46 / 28.01.2023
Mourino Shomurodovning «Roma»dan ketayotganini tasdiqladi
15:08 / 12.10.2022