Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya va AQSh o‘zaro vizalar berishni yana yo‘lga qo‘ydi
Turkiya cheklangan hajmda AQSh qufarolariga noimmigratsion vizalar berishni yana boshladi. Bu haqda Turkiyaning AQShdagi elchixonasi bayonotida aytilgan.
Avvalroq AQSh davlat departamentida xavfsizlik sohasidagi vaziyat Turkiyaning AQShdagi diplomatik missiyalarida AQSh fuqarolariga “cheklangan hajmda” noimmigratsion vizalarni yana taqdim qilishga imkon berishi aytilgan.
“Turkiyaning AQShdagi diplomatik missiyalari va konsulliklari amerikaliklarga “chekli hajmda” vizalar berishga arizalarni ko‘rib chiqishni yana yo‘lga qo‘yadi”, deyilgan bayonotda.
8 oktabrda AQShning Turkiyadagi elchixonasi turk fuqarolariga AQShning noimmigratsion vizalari berilishi to‘xtalishini e'lon qilgan. Turkiya o‘z navbatida bunga xuddi shunday choralar, ya'ni AQSh fuqarolariga viza bermaslik bilan javob bergan.
Shuningdek, AQSh diplomatik missiyalari ham turk fuqarolariga vizalar berishni boshladi. AQShning Turkiyadagi elchixonasida aytilishicha, Turkiya hukumatidan “AQShning diplomatik missiyalaridagi mahalliy xodimlardan birortasi tergov ostida emasligi va'dasi olingan”.
“Biz Turkiya hukumatidan bizning mahalliy xodimlarimiz o‘z rasmiy vazifalarini bajargani uchun ushlanishi yoki qo‘lga olinmasligiga va Turkiya hukumati xodimlarimizdan kimnidir ushlamoqchi bo‘lsa, bu haqda bizni oldindan ogohlantirib qo‘yishi va'dasini oldik”, deyilgan AQSh elchixonasi saytida joylashtirilgan bayonotda.
Mavzuga oid
22:39 / 19.06.2026
Tushunarsiz kelishuv: Tehron uni «Amerika ustidan g‘alaba» deb talqin qilmoqda
21:38 / 19.06.2026
AQSh va Eron o‘rtasida Shveytsariyadagi muzokaralar o‘tkazilmaydigan bo‘ldi
20:51 / 19.06.2026
«Italiya va men hech qachon yolvormaymiz» - Meloni Trampga keskin e’tiroz bildirdi
20:26 / 19.06.2026