O‘zbekiston | 17:05 / 06.11.2017
23895
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston yoshlari murojaati: terrorning millati va dini bo‘lmaydi!

Foto: Yoshlar ittifoqi

Kuni kecha AQShning Nyu-York shahrida sodir etilgan vahshiy zo‘ravonlik ortidan barcha o‘zbekistonliklarning qalbi qattiq yaralandi. O‘zbekistonimiz ma'rifat diyori, bag‘rikenglik o‘lkasi, insonparvar yurt hisoblansada, o‘z ona Vatanini pul ilinjida tashlab chiqib, bir to‘da razillar domiga tushib qolayotgan yoshlar bu muqaddas zaminimiz nomiga putur yetkazmoqda, deyiladi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi xabarida.

Shu sababli, #UzbYoshlariTerrorgaQarshi internet aksiyasi orqali O‘zbekiston yoshlari tinchliksevar ekanligi, bizning tuproqdan jahon sivilizatsiyasi ravnaqiga hissa qo‘shgan qanchadan-qancha buyuk zotlar yetishib chiqqanligi, xalqimiz nafaqat birovning jismiga, balki qalbiga ham ozor yetkazishni katta gunoh hisoblashi haqida jahon hamjamiyatini keng xabardor qilishni niyat qilganmiz.

Bu murojaatni bee'tibor qoldirmay, aksiyamizda o‘zingiz va yaqinlaringiz bilan faol ishtirok etishingizga ishonamiz! Zero bizning yurt ma'rifatparvar, tinchliksevar va bag‘rikeng insonlar diyoridir.

Mavzuga oid