Rossiyaning Xabarovsk ölkasida çet el fuqarosi Özbekiston fuqarolarini terrorçilar safiga yollagan, deb xabar bermoqda RF «FSB» mintaqaviy boşqarmasi.
«Terrorçilik faoliyatida yordam körsatgan Markaziy Osiyo davlatlaridan birida tuğilgan şaxs qölga olindi. Uşlangan şaxs Özbekiston Respublikasi fuqarolarini xalqaro terrorçilik taşkiloti faoliyatida tayyorgarlikdan ötiş va bevosita iştirok etişga yollagan», — deyiladi xabarda.
Ayblanuvçining harakatlaridan keyin Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 205.1-moddasi 1.1-qismi böyiça iş qözğatildi (Terrorçilik faoliyatiga kömak körsatiş).
U hibsga olindi. Hozirgi vaqtda tergov jarayoni davom etmoqda.













