Nigeriyaning Katsina ştatidagi masjidga qilingan qurolli hujum qurbonlari soni 30 kişiga yetdi, deb ma’lum qildi Malumfaşi okrugi deputati Aminu Ibrohim.
Uning sözlariga köra, Mantau rayonidagi masjidga bomdod namozi vaqtida qurolli töda a’zolari hujum uyuştirgan.
Ibrohimning ta’kidlaşiça, ştatning turli hududlarida masjidlarga hujumlar amalga oşirilmoqda.
U parlament va ştat hukumatini aholini himoya qiliş uçun xavfsizlik kuçlarini joylaştirişga çaqirdi.
Nigeriyada qurolli tödalar, xususan, ISWAP va “Boko Haram” kabi terrorçi taşkilotlar xavfi haligaça yuqori darajada saqlanib turibdi.












