Jamiyat | 09:50 / 07.11.2017
39044
2 daqiqa o‘qiladi

Alisher Usmonov "Gazprom" mablag‘laridan shaxsiy maqsadlarda foydalanmagan

Alisher Usmonov "Gazprom" mablag‘laridan shaxsiy maqsadlarda foydalanmagan, shu bois u o‘zining qonuniy huquqlari va manfaatlarini sudda himoya qiladi. Ishbilarmonning matbuot xizmatida shunday xabar berildi. 

"Janob Usmonovning go‘yoki shaxsiy maqsadlarda "Gazprom" mablag‘laridan foydalanganiga doir barcha insinuatsiyalar yolg‘on va haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Janob Usmonov va unga tegishli kompaniyalar doim qonunga rioya qilish bilan bir qatorda korporativ boshqaruv va axloqiy norma tamoyillariga qat'iy muvofiq ravishda harakat qiladi", - deydi Usmonovning rasmiy vakili TASSga. 

Usmonov va uning tuzilmalari o‘z huquq va manfaatlari himoyasiga doir yuridik vositalarni qo‘llash huquqini o‘z zimmasida qoldiradi, deyiladi xabarda.

Bundan avval Bermud orollarining Appleby ofshor huquqiy firmasiga tegishli bo‘lgan bir qancha maxfiy moliyaviy hujjatlarda Usmonovning nomi qayd etilganiga doir xabar berilgan edi. 

Konsortsium versiyasiga ko‘ra, "Gazprom"ning Alisher Usmonov boshchilik qiluvchi  "Gazprom investxolding"  sho‘'ba korxonasi Yuriy Milnerning sho‘'ba korxonasiga sarmoya kiritgan ofshor firmani moliyalashtirgan.

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid