Fotojamlanma: Hindiston poytaxti Nyu-Dehlidagi quyuq smog
Hindiston poytaxti Nyu-Dehlida bir necha kundan beri quyuq smog kuzatilmoqda. Shu sababli shifokorlar shaharda favqulodda vaziyat tartibini e'lon qilishgan. Ular havoning bu ifloslanishidan olinadigan zararni kuniga 50 ta sigaret chekishdan olinadigan zararga qiyoslashmoqda.
Shahar aholisiga smog tarqamaguncha iloji bo‘lsa ko‘chaga chiqmaslik tavsiya qilingan. Hukumat 8 noyabrdan barcha maktablar va ta'lim muassasalarini yopib qo‘ymoqchi. Hindlar ijtimoiy tarmoqlarda ushbu holat aks etgan suratlarni joylashtirishgan.
“Dehlidagi halokatli ifloslanish. Hukumat idoralari faoliyat yuritadigan poytaxtda dahshatli vaziyat. Shundan keyin davlatimiz rivojlanayapti, deya olamizmi?”
“Dehli gaz kamerasiga aylandi, favqulodda vaziyat e'lon qilingan. Havo sifati yanada yomonlashadi. Bu yog‘iga nima bo‘ladi?”
“Bu tong yolg‘iz qushgina Dehli markazida”
“Eng yomon vaziyat Laksmi Nagarda”
“Poytaxt markazi nafas olishdagi muammolarga duch kelganda”
“Balkonimdan soat 11:15dagi manzara. Dehli do‘zahga aylandi”
“Qo‘pol qilib aytganda, Dehlining ba'zi joylaridagi ifloslanishdan ko‘riladigan zarar kuniga 50 ta sigaret chekishdan olinadigan zararga tenglashdi”
“Filtrlarsiz surat, chunki smog havoni allaqachon egallab bo‘lgan”
Mavzuga oid
20:58 / 19.11.2024
Putin Hindistonga boradi
16:43 / 17.11.2024
Hindiston birinchi gipertovushli raketasini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi
16:50 / 16.11.2024
Hindistonda havo ifloslanishi kuchayib ketganidan Toj Mahal ko‘rinmay qoldi
17:36 / 14.11.2024