Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Livan bosh vaziri Saudiyada qamoqqa olingani haqidagi xabar rad etildi
Saudiya Arabistonidan turib videomurojaat qilgan Livan bosh vaziri Saad Haririy qirollikda uy qamog‘ida bo‘lgan. Bu haqida Reuters xabar berdi.
Haririyning idorasi va Saudiya OAV uning seshanba kuni BAAga yo‘l olgani haqida ma'lum qildi. Livanning nufuzli sunniy siyosatchisi va Saudiya Arabistonining yaqin ittifoqdoshi bo‘lgan Haririyning yordamchilari uning qo‘lga olinganini inkor etishmoqda.
Livanning shialarni va "Hizbulloh" siyosiy harakatini qo‘llab-quvvatlovchi "Al-Axbor" gazetasining yozishicha, Haririy o‘tgan juma kuni Ar-Riyodda uy qamog‘iga joylangan.
Dushanba kuni Saudiya tashqi ishlar vaziri Odil Jubayr qirollik Haririyni iste'foga chiqishga majbur qilganiga oid ayblovlarni rad etdi va u istagan vaqtida ketishi mumkinligini aytdi.
Mavzuga oid
09:20 / 08.06.2026
Eron va Isroil zarbalar almashdi
14:11 / 04.06.2026
“Tramp va Netanyahu janjali doka ro‘mol qurishidek gap” – siyosatshunos
08:21 / 04.06.2026
AQSh: Isroil va Livan o‘t ochishni to‘xtatishga kelishdi
17:02 / 03.06.2026