Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Real» Ronaldu o‘rniga Neymarni sotib olmoqchi
Foto: Mundo Deportivo
Madridning «Real» klubi braziliyalik hujumchi Neymarni sotib olish fikridan qaytmayapti, deya xabar bermoqda Mundo Deportivo.
Madridliklar klubi prezidenti Florentino Peres 2013 yildayoq futbolchini o‘z safida ko‘rishni istagan, biroq o‘sha vaqtda Sandro Rossel prezidentligidagi «Barselona» ildamroq chiqqandi.
Manba bergan xabarga ko‘ra, Parijda bir qator manbalar Peres Neymarning otasi bilan uchrashib transfer masalasini gaplashib olganini ma'lum qilgan. Bundan tashqari, klub futbolchiga agent Vagner Ribeyro yordamida ham chiqishni ko‘zlamoqda.
«Real»dagilar Neymar 2021 yilda, Krishtianu Ronalduning shartnomasi nihoyasiga yetadigan vaqtda yoki undan oldinroq jamoada bo‘lishini istamoqda.
Shu bilan birga, yozda 222 million yevro evaziga futbolchini sotib olgan «PSJ» uni sotishni istamayapti. Braziliyalik hujumchining «PSJ» bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar mo‘ljallangan.
Mavzuga oid
01:15 / 29.12.2025
Ronaldu Yaqin Sharqning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi
20:17 / 19.11.2025
Ronaldu Oq uyda mehmon bo‘ldi
22:26 / 16.10.2025
Ronaldu 2025 yilning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisi bo‘ldi
11:32 / 12.10.2025